Eshitdik-da! "Neftchi" bosh murabbiyiga Kipr va Qozog'istondan taklif kelib tushdi

Mirjalol Normatov
5 sen 2023
Joriy mavsumda "Neftchi" jamoasi Superligada sovrindorlar qatorida ketmoqda.

Farg'onaliklarni uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana medallar sari etaklayotgan Vitaliy Levchenkoga Kipr va Qozog'iston klublaridan takliflar kelib tushgan. Biroq murabbiyning klub bilan 2024 yil so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor. 

Avvalroq Vitaliy Levchenko Tojikiston terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida qaralayotgan edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia