

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra O'zbekiston termasi va "Navbahor" klubi asosiy darvozaboni O'tkir Yusupov Eronning "Fulad" klubiga o'tishi mumkin. Huziston klubi "Navbahor"ga Yusupovning shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lashga tayyorligini bildirib, taklif jo'natgan.
Saytimizning ishonchli manbasining xabar berishicha, O'tkir Yusupov va "Fulad" klubi o'zaro shartlarni kelishib olishgan.
Ma'lumot uchun, "Fulad Huziston" klubi o'tgan mavsum Eron chempionatida 11-o'rinni egallagan.
O'tkir Yusupov ushbu mavsum Superligada birinchi davraning barcha o'yinlarida maydonga tushib, 14 ta gol o'tkazib yubordi.



