Eshitdik-da! Namangan futbol Associaciyasiga berilgan bino tortib olinyapti

Narzulla Saydullayev
10 dek 2020
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5887 va Vazirlar mahkamasining 311-sonli farmoni asosida Namangan futbol Associaciyasi uchun beg'araz topshirilgan ofis binosi olib qo'yilish arafasida.

Aftidan hech kimga kerak bo'lmagan bino Namangan FA tomonidan qayta ta'mirdan chiqarilgach, ko'zga chiroyli ko'ringan va unga yangi ega chiqa boshlagan.

2020 yil Namangan viloyat FA bir qator tadbirlarda faol bo'ldi. Shuhrat Mirxoldirshoev boshchiligidagi jamoa viloyat ikkinchi ligasi va kubok o'yinlarini ham muvaffaqiyatli yakuniga etkazdilar.

Iltimos, ularga tegmanglar!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia