Eshitdik-da! "Metallurg" va "Qizilqum"ga taqiq qo'yiladi, "Neftchi" va "Navbahor" ham jazolanishi mumkin

Tolibjon Qosimov
4 noya 2024
Qator Superliga klublari o'z oldilariga qo'yilgan talablarni bajarmagani uchun jazolanishi mumkin.

Bu haqda "Championat.asia" bosh muharriri Narzulla Saydullaev shunday yozdi:

Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, PFL 2025 yilgi mavsumda "Metallurg" va "Qizilqum" uchun legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yadi. Sababi ular stadion ta'miri masalasida hozirga qadar aniq qadam tashlamagan.

Shuningdek, "Neftchi" va "Navbahor" yozgi transfer oynasidagi taqiqqa qaramay, moliyaviy tomondan ishni to'g'ri yo'lga qo'yib ulgurmagan. Bu esa mazkur klublarga nisbatan ham qandaydir sankciyalar qo'llanilishiga olib kelishi mumkin.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia