Eshitdik-da! "Lokomotiv"ni tark etgan futbolchiga "Neftchi" va "Dinamo" qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
25 dek 2024
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Transfer huquqi "Lokomotiv"ga tegishdi bo'lgan va ortda qolgan mavsumning 2-davrasini ijara asosida "Olimpik"da o'tkazgan chap qanot himoyachisi Maqsudxo'ja A'loxo'jaev "temiryo'lchilar" safini tark etdi. Qizig'i, klub 2023 yilning yanvar oyida A'loxo'jaev bilan 3 yillik shartnoma tuzilgani haqida xabar bergan edi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Maqsudxo'jaga ayni paytda "Neftchi" hamda "Dinamo" klublari qiziqish bildirishmoqda. Har ikkala klub 20 yoshli himoyachini o'z tarkibida ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, A'loxo'jaev Superliganing 2-davrasi va o'tish bellashuvlarida "Olimpik" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia