

Eshitishimizga qaraganda, Jeparov o'smirlar terma jamoasi (2006 yilda tug'ilganlar) bosh murabbiyi bo'ladi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining selekciya ishlari bilan shug'ullanayotgan Temur Kapadze esa yoshlar terma jamoasini (2003 yilda tug'ilganlar) boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, Jeparov va Kapadze boshqarishi kutilayotgan terma jamoalar 2021 yilda yoshlar hamda o'smirlar Osiyo Kubogi saralash o'yinlarida ishtirok etadi.



