

"Championat.asia" sayti ma'lumotiga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubi yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev "Navbahor"ga qaytmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda. Katta ehtimol bilan Boltaboev 2-davrani "lochinlar" safida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Jamshid Boltaboev mavsum oldidan aynan "Navbahor"dan "Neftchi"ga o'tgan edi.

Ma'lumot uchun, Boltaboev birinchi davrada Superliga hamda O'zbekiston kubogida jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta assist berdi.



