Eshitdik-da! Hamidjon Aktamov "Qizilqum" bosh murabbiyligidan ketdi, uning o'rnini Vadim Abramov egallashi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021, 01:12
Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o'zgarishlar davom etmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda jamoa murabbiylar shtabida ham o'zgarish yuz berdi. Hamidjon Aktamov "Qizilqum" bosh murabbiyligidan ketdi. 

Endilikda mutaxassis klubda bosh direktor lavozimida faoliyat olib boradi. Uning o'rniga xorijdan murabbiy yoki Vadim Abramov tayinlanishi kutilyapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia