Eshitdik-da! "Eyupspor" Jahongir O'rozov uchun "Bunyodkor"ga qancha pul to'lashi ma'lum

Narzulla Saydullayev
17 avg 2023
O'zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov Turkiyaning "Eyupspor" klubiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Turkiya klubi O'rozovning transferi uchun "Bunyodkor" klubiga 300 ming evro to'laydi. 

Jahongir O'rozov "Eyupspor" bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. 

Ma'lumot uchun, "Eyupspor" Turkiya Birinchi ligasida o'ynaydi. Jamoa bosh murabbiyi Arda Turan, jamoa sardori esa Rayan Babel hisoblanadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia