

"Bunyodkor" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi bahs katta ehtimol bilan "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Unda nominal mezbon "Bunyodkor" klubi bo'ladi. "Qaldirg'ochlar"ning uy stadioni hisoblangan "Milliy" stadionda chim hozircha tayyor holatga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi 31 mart kuni soat 17:00da boshlanadi.




