Eshitdik-da! Berdimurodov va Mullajonov "Buxoro"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 dek 2017, 13:03
"Olmaliq" klubining ikki nafar sobiq futbolchisi yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin.

Rahmatullo Berdimurodov va Shavkat Mullajonov yaqinda "Olmaliq" bilan xayrlashgandi. Eshitishimizga qaraganda bu ikki futbolchi yanvar oyida "Buxoro" klubi yig'iniga borib qo'shiladi. 

Berdimurodov 2017 yil 27ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi, Mullajonov esa 22ta uchrashuvda ishtirok etib 2ta to'p kiritdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia