

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Fransiyaning "Lans" klubi o'zbekistonlik futbolchiga juda jiddiy qiziqib qolgan va uning vakillari bilan muzokara olib bormoqda.
Agar muzokaralar ijobiy tugasa, Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Ma'lumot uchun, "Lans" o'tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o'rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.




