Ertaga O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'z yurishini boshlaydi

Alisher
12 yanv 2025
Xabaringiz bor, O'zbekiston ayollar futzal milliy terma jamoasi 11-19 yanvar kunlari 2025 yilgi futzal bo'yicha ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi.

O'zbekiston o'z ishtirokini Filippinga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Bahs ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 15:00da "Yunusobod sport majmuasi"da boshlanadi.

Hamyurtlarimiz so'ngra Kuvayt, Avstraliya va Turkmaniston bilan kuch sinashadi.

Barcha muxlislarni o'yinga chorlab qolamiz.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia