

"Agarda YCHLni yuta olmasak, buni omadsizlikka yo'ysa bo'ladi. Biz ushbu mavsumda fantastik natijalarga erishdik - 4ta sovrinni qo'lga kiritdik.
Xalqaro maydonda esa sensacion natijalar ko'payib ketdi. Albatta, "Leyptsig" yoki "Lion" kabi jamoalarni yarim finalda ko'rib, ko'pchilik ajablandi.
PSJ - yuqori darajadagi jamoa. Shu boisdan yarim finalda g'alaba qozonish imkoniyatimiz yuqori. Raqiblar esa bizga qarshi bosimsiz o'ynashadi. Shu boisdan ular doim xavfli bo'lishadi", - dedi Errera.