Errera Mbappe "Oltin to'p"ni qachon yutishi mumkinligini aytdi

10 may 2020, 02:11
PSJ yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Kilian Mbappening salohiyatini yuqori baholadi.

"Bazan mashg'ulotlarda Mbappe bilan tezligimizni o'zaro taqqoslab ko'ramiz. U tezlashgada siz ancha orqada qolib ketasiz. Xuddi biz maktab bolalarimiz, u esa Useyn Bolt!

Futbolda tezkor o'yinchilar ko'p, ammo Kilianda to'xtash, nishonga olish va aniq zarba berish uchun ham etarli vaqt topiladi. 

O'ylaymanki, 2025 yilga kelib u "Oltin to'p"ning doimiy davogarlaridan biriga aylanadi yoki uni yutib oladi", - dedi Errera ESPNga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda Mbappe parijliklar safida 33 o'yinda maydonga tushib, 30 gol va 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 


Manba: ESPN