Errera: "Manchester Yunayted" bilan shartnoma tuzish orzuim edi"

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014
Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera o'zining "Atletik"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"MYU bilan shartnoma tuzish orzuim edi. "Old Trafford"da "Atletik" safida maydonga tushganman. Men MYUga yordam berish uchun keldim, bor kuchim bilan g'alabalarga xissa qo'shmoqchiman.

"Yunayted"ning afsonaviy qizil rangli futbolkasida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutayapman. "Atletik"ni hech qachon unutmayman. Muxlislar va barcha xodimlarga rahmat aytmoqchiman", - deydi Errera.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru