Eron terma jamoasi futbolchilari Instagramni o'chirib qo'yishdi

Xayrulla Xoliqov
13 noya 2018
Ma'lumki, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga Eron milliy terma jamoasi ham tayyorgarlik ko'rmoqda.

Mazkur turnirga jiddiy tayyorgarlik ko'rish hamda boshqa narsaga chalg'imaslik maqsadida terma jamoa futbolchilari o'z Instagram akkauntlarini nomuayyan muddatga o'chirib qo'yishdi. Instagramdan foydalanishni hech kim ularga taqiqlagani yo'q, balki futbolchi va murabbiylarning o'zi shunday qarorga kelishdi.

Eron terma jamoasi payshanba kuni Trinidad va Tobagoga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yinga tayyorgarlik o'tgan yakshanbadan boshlandi. Kecha esa terma jamoaga chaqirilgan hamma futbolchilar o'z Instagramlarini o'chirib qo'yishdi. Eronning Osiyo Kubogida g'olib chiqmaganiga 42 yil bo'ldi, shu bois futbolchilar bor diqqat-e'tiborni shu musobaqaga qaratishgan. Shuni aytish joizki, Instagram ijtimoiy tarmog'i Eronda juda ommabop hisoblanadi hamda foydalanuvchilar soni nihoyatda ko'pchilikni tashkil etadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com