Erkin Baxtiyorov "Paxtakor" - "Metallurg" o'yinidagi yordamchi hakam haqida: "U Superliganing 2 ta tur uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi"

Narzulla Saydullayev
22 apr 2021
O'FA hakamlar departamenti boshlig'i Erkin Baxtiyorov "Samisov bilan" loyihasiga bergan intervyusida O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidagi yordamchi hakamning jazolanganligini aytib o'tdi.

"Ha, yordamchi hakam jazolandi. Bu narsa OAVda oshkor qilinmadi, lekin bu narsaning yashiradigan joyi ham yo'q. U Superliganing 2 ta tur uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi va bu muddat o'tguncha u hech qayerda hakamlik qilmaydi. Superligada 2 ta tur o'tganidan so'ng u hakam Birinchi ligadan boshlab hakamlik qilishni boshlaydi. Kimlargadir bu muddat kam tuyulishi mumkin. Lekin vaqt nuqtayi nazaridan o'lchab qaralsa, har haftada bittadan tur bo'lsa ham bu 1 oy muddat degani. 1 oy yoki 40 kun muddatga ham borishi mumkin. Shundan so'ng Birinchi liga, o'zini yaxshi ko'rsata olsa Pro ligada ham ishlashi mumkin", - deydi Erkin Baxtiyorov.

Ma'lumot uchun, o'sha o'yindagi yordamchi hakam Daler Tilloev 1-bo'limning 23-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisi Sardor Rashidovga to'p uzatilayotgan vaqtda hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligini ko'rmay qolgan va yakunda hujum gol bilan tugagan edi.



 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia