Erkin agentga aylangan “Neftchi” legioneriga “Qizilqum”dan jiddiy qiziqish bo'lmoqda

Khoja
10 yanv 2024
Navoiyliklar tarkibiga yana bir legioner qo'shilishi mumkin.

"Qizilqum" "Neftchi" bilan shartnomasini bekor qilgan gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzeni o'z saflariga qo'shib olishni reja qilishgan. "Konchilar" avvalroq ham hujumchiga qiziqish bildirgandi, biroq o'shanda 32 yoshli futbolchining "Neftchi" bilan shartnomasi bor edi. Endi agar navoiyliklar hujumchini talablarini bajara olsa, kelasi yil ham gruziyalik hujumchi faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, futbolchi 2023 yil Superliganing ikkinchi davrasida 12ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi. 


KhojaMuallif
Manba: championat.asia