Erik ten Xag: "Ronaldu MYUda qolishdan xursand"

Aziz Tukhtamuradov
1 sen 2022
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirdi.

"U bilan bir necha marotaba suhbatlashdik. Fikrimiz bir joydan chiqmoqda. U qolishdan xursand, aks holda biz bilan birga bo'lmasdi. 

Boshidan biz birgalikda ishlashni rejalashtirayotganimiz haqida gapirgandik. Undan mamnunmiz, u bu erdaligidan xursand. Ushbu mavsumda birgalikda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. 

Ronaldu o'yinga moslasha oladi, chunki... Buni tushuntirishim ham shart emas. U ajoyib malakaga ega buyuk futbolchi. U har qanday tizimga moslasha oladi. Biz hamfikrmiz va u talablar qanday ekanligini biladi", - dedi ten Xag. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports