Erik ten Xag iste'foga chiqarilishi kerakmi? Patris Evra javob berdi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2024
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra ayni damda jamoani boshqarayotgan Erik ten Xagni iste'foga chiqarmaslik kerakligini aytdi.

"Bir gapni aytaman: murabbiylarni iste'foga chiqarish jonimga tegdi. Agarda Erikni ham ketkazsak, u iste'foga chiqarilgan beshinchi murabbiy bo'ladi. Bu biz bilgan "Manchester Yunayted" emas. "Manchester Yunayted"da sodiqlar ishlardi. Hozir unday emas.

Endi jamoaga Jim Retkliff keldi, u futbolga katta e'tibor beradi, shu sababli unga ham katta bosim tushadi. Muxlislarni aldamagan bo'lardim. Hozir ishlar yaxshi emas.

Jamoa "Aston Villa"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotganida tanaffusda "Yunayted"ning 3:2 hisobida yutishini taxmin qilgandim. O'shanda hamma meni ahmoqqa chiqardi, lekin biz yutdik. Ajoyib! Biroq undan keyin "Nottingem Forest"ga mag'lub bo'ldik. Bizga barqarorlik etishmayati.

Erik ten Xag meni tashvishga solmayapti. Menga shunchaki murabbiyni qo'llab-quvvatlash muhim. Chunki o'tgan mavsum uni "Yunayted"ga mos murabbiy deb aytgandik. O'tgan mavsumda u katta vazifani bajargandi.

Biroq MYU har mavsumda nimanidir yutishi majburiy bo'lib boryapti. Agarda jamoa top-4ga kira olmasa, balki, Retkliff yangi murabbiy olib kelar. Ko'ramiz.

Biroq men murabbiylar iste'fosidan charchadim. "Chelsi" Joze Mourinyuni iste'foga chiqargani yodingizdadir. Shundan keyin klubda barqarorlik yo'qoldi, to'xtamasdan murabbiylar iste'foga chiqarildi.

Tushunaman, "Yunayted" muxlislarining jaxli chiqqan, lekin yil davomida qanday jamoalar mag'lub etilganini yodga oling. Bugun barchasi o'zgarib ketishi mumkin, lekin tarix o'zgarmaydi", - dedi Evra.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Metro