Erik ten Xag: "Brununing sardorlik hislatlariga shubha bilan qarayotganlarni tushuna olmayapman. U asosiy o'yinchilardan biri"

Administrator
5 noya 2023
MYUning so'nggi o'yinlaridan so'ng jamoa sardori Brunu Fernandesh tanqid qilinib kelinayotgandi.

"Man Yunayted" ustozi Erik ten Xag Fernandeshning "Fulxem"ga qarshi uchrashuv so'nggidagi g'alaba golidan so'ng, u haqida gapirib o'tdi. 

"Brununing sardorlik hislatlariga shubha bilan qarayotganlarni tushuna olmayapman. U asosiy o'yinchilardan biri. Biz uchun hal qiluvchi rollarni bajaradi.

Hammada ham xato bo'ladi. Hech kim mukammal emas. Fernandesh biz uchun juda muhim o'yinchi", -deydi Erik ten Xag.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano