Erik Abidalning donorlik jigari qora bozordan xarid qilingan bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018
"Barselona" sobiq prezidenti Sandro Rosel sud qarshisida javob beradi.

Oldinroq, u moliyaviy hiylalar ishlatishda va 15 mln. evroni "yuvish"da ayblangan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Rosel "Barsa" sobiq himoyachisi Erik Abidal uchun jigarni qora bozordan xarid qilganlikda gumon qilinmoqda.

2011 yil Abidalda onkologik kasallik aniqlanib, unga jigar ko'chirib o'tkazilishi kerak edi. "Barselona" xabar berishicha, Abidal uchun uning yaqini fransiyalik Jerar donor bo'lgan ekan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial