Eredivizi. “Ayaks” raqib darvozasiga javobsiz 13 ta (!) gol urdi va o'z tarixidagi eng yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
24 okt 2020
Niderlandiya chempionati 6-turida “Ayaks” safarda “Venlo” mehmoni bo'lib, raqiblarini juda sharmandali – 13:0 (!) hisobi bilan taslim etishdi.

Lassina Traore penta-trikka erishgan bo'lsa, Yurgen Ekkelenkamp va Klas-Yan Xuntelar dublni rasmiylashtirdi. Qolgan gollarni esa Antoni, Deyli Blind, Lisandro Martines, Dushan Tadich urishdi. Aytish joiz, mezbonlar himoyachisi Krischen Kum 52-daqiqada qo'polligi uchun qizil olib, maydonni tark etdi. 

Amsterdamliklar mazkur dahshatli g'alabadan keyin ochkolari sonini 15 taga etkazib, 1-o'ringa qaytdi. To'plar nisbati esa – 24:3!

“Venlo” esa 5 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.

"Venlo" (Venlo) - "Ayaks" (Amsterdam) - 0:13 (0:4, 0:9)

"De Kul" o'yingohi

Gollar: Ekkelenkamp, 12, 57. Traore, 17, 32, 54, 65, 87. Tadich, 45. Entoni, 55. Blind, 59. Xuntelar, 74 (penalti), 76. Martines, 79.

Chetlatish: Kum, 50


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia