Enrike – yil murabbiyi, Berdiev 492, Babayan 610-o'rinda!

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2016
2015 yil yakunlari bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

coachworldranking.com sayti tomonidan tuzib chiqilgan reytingda “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike katta farq bilan 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etilgan.

Kuchli uchlikka ham ispaniyalik murabbiylar yakun yasab berishgan. Unai Emeri ikkinchi, Xosep Gvardiola uchinchi o'rinni band etgan. Ushbu ro'yxatda o'zbekistonlik murabbiylardan eng yaxshi ko'rsatkichga Ro'ziqul Berdiev ega bo'lgan. O'tgan mavsumda “Nasaf” bilan ilk bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan Berdiev reytingda 492-o'rinda zikr etilgan.

“Paxtakor”ning endilikda sobiq, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 610, “Lokomotiv”ning sobiq ustozi Vadim Abramov 755, “Bunyodkor”ning sobiq murabbiyi Sergey Lushchan 839-pog'onadan joy olgan.

DUNYO MURABBIYLARI REYTINGI: (2015 yil yakunlariga ko'ra)

1. Luis Enrike (“Barselona”) 18896 ochko

2. Unai Emeri (“Sevilya”) 13198

3. Xosep Gvardiola (“Bavariya”) 13021

4. Massimiliano Alegri (“Yuventus”) 12675

5. Rafael Benites (“Real”) 11466...

... 492. RO'ZIQUL BERDIEV (“Nasaf”) 1236

610. SAMVEL BABAYAN (“Paxtakor”, O'zbekiston mtj) 927

755. VADIM ABRAMOV (“Lokomotiv”) 629

839. SERGEY LUSHAN (“Bunyodkor”) 484


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia