"Eng zo'r-2022". Eng yaxshi yosh futbolchi nomiga davogarlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
18 noya 2022
26 noyabr sanasida 2022 yilning eng yaxshilarini etirof etish maqsadida "Eng zo'r-2022" taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Yosh yulduz bo'lishga nomzodlar:

- Abbosbek Fayzullaev (O'zbekiston U-23 va U-20 terma jamoalari va "Paxtakor")

- Umarali Rahmonaliev (O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "Bunyodkor")

- Po'latxo'ja Xoldorxonov (O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "Olimpik")

- Xislat Halilov (O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "So'g'diyona")



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi hamkorligida tashkil etilayotgan marosimning boshqa laureatlari tez orada e'lon qilinadi. Ananaga ko'ra, eng asosiy nominaciyalar g'oliblari sport jurnalistlari ovoziga ko'ra aniqlanadi. Ichki ligalar tasnifida esa eng kuchlilar mavsum davomida murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari hamda muxlislar ovozlariga ko'ra aniqlab kelinmoqda. Shuningdek, tashkilotchilar o'zbek futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan yana qator insonlarni taqdirlashni rejalashtirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати