Eng yaxshi afrikalik futbolchilar ro'yxatida 10 kishi qoldi

Mirjalol Normatov
4 dek 2019, 20:57
Afrika futbol konfederatsiyasi qitaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida futbolchilardan iborat tuzgan ro'yxatni e'lon qildi.

Unga ko'ra, 30 kishilik bo'lgan ro'yxatdan 10 kishi qolgan.

Demak, sovrinni ushbu futbolchilardan biri qabul qilib olishi mumkin: Andre Onana, Xakim Ziesh (ikkisi - Ayaks), Ismael Bennaser (Milan), Kalidu Kulibali (Napoli), Muhammad Saloh (Liverpul), Odion Igalo (Shanxay Shenxua), Per-Emerik Obameyang (Arsenal), Riyad Marez (Manchester Siti), Sadio Mane (Liverpul), Yussef Belayli (Al-Ahli Jidda).

Eng yaxshi futbolchi 7 yanvar kuni bo'lib o'tadigan marosimda ma'lum qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal