Endi rasman! Neymar PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
8 may 2021
PSJ hujumchisi Neymar yana bir necha yillar davomida Parijda to'p tepadi.

Yangi shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berganimizdek, 29 yoshli o'yinchi soliqlarni ayirib tashlaganda va bonuslarni hisobga olganda yiliga 30 million evro atrofida maosh oladi.

Neymar PSJga "Barselona"dan 2017 yilda 222 million evro evaziga o'tgan edi. U parijliklar tarkibida uch karra Fransiya chempioniga aylandi va 2020 yil CHL finaliga qadar yetib bordi.

Braziliyalik futbolchi PSJ libosida 112ta o'yinda maydonga tushib, 85ta gol va 51ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: psg.fr