Enco Zidan otasi akciyador bo'lgan klubga o'tdi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2021
“Real” sobiq yarim himoyachisi Enco Zidan faoliyatini Fransiya 2-divizionida davom ettiradi.

U “Rodez” bilan bir yillik shartnoma imzoladi va jamoada 5-raqam ostida o'ynaydi.

Ma'lumot o'rnida, Enconing otasi Zinedin Zidan 10 yil oldin mazkur klub akciyadoriga aylangandi.

“Rodez” o'tgan mavsum Liga 2'da 15-o'rinni egalladi. 26 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi esa “Vidad” (Marokash) bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/officielraf