Emeri: "Real" va "Marsel" "Park de Prens"da ularni nimalar kutib turganini bilmaydi"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2018
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Park de Prens"da bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida qiyin bo'lishi haqid "Real" futbolchilarini ogohlantirdi.

Mutaxassis bu gaplarni 25 fevral kuni Fransiya chempionatida navbatdagi raqib bo'ladigan "Marsel" tomon ham aytdi.

"Bu mavsum ko'plab o'yinlarda o'z vazifamizni uddalay olishimizni ko'rsatdik. Ammo o'z stadionimizda o'zimizni yanada kuchliroq his qilamiz. "Real" va "Marsel" "Park de Prens"da o'ynashlarini bilishadi, ammo ularni nimalar kutib turganidan bexabar. Bu ikki "klasiko"ga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz" - deydi Emeri.

PSJ "Real"ga qarshi ilk uchrashuvda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Javob o'yini 6 mart kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com