Elit OCHL. "Al Hilol" Janubiy Koreya jamoasiga 7ta gol urdi va yarim finalga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
25 apr 2025
Elit OCHLning chorak finali doirasidagi ilk o'yin yakuniga etdi.

Unda "Al Hilol" markazlashgan tarzda o'tayotgan pley-off bosqichida Janubiy Koreyaning "Kvanju" jamoasi bilan kuch sinashdi va 7:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'llanma oldi. Ushbu bosqichda javob o'yinlari yo'q. "Al Hilol"ning raqibi "Al Ahli" - "Buriram Yunayted" o'yinidan keyin aniq bo'ladi.


Yarim final o'yinlari 29-30 aprel kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia