Eldor Suyunov: "Eron jamoalari tartibli futbol namoyish etishadi"

Tolibjon Qosimov
14 fev 2020
Dushanba, 17 fevral kuni "Paxtakor" jamoasi OCHL 2-turi doirasida Eronning "Shahr Xodro" jamoasini qabul qiladi.

Ana shu uchrashuv arafasida "Paxtakor" darvozaboni bo'lajak o'yinga oid fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bo'lajak raqib to'g'risida nimalarni bilasiz?

- "Shahr Xodro" jamoasi haqida deyarli ma'lumotga ega emasman, ammo ularning tarkibiga qaraganimda Eronning mashhur va yoshi kattaroq futbolchilaridan 2-3 nafari shu jamoada o'ynayotganini ko'rdim.

- "Paxtakor" va o'zbek jamoalari Eron jamoalari bilan muvaffaqiyatli o'ynashadi. Ular bilan o'yinlar qanday kechadi?
- Statistika bo'yicha "Paxtakor" va umuman o'zbek klublari Eron jamoalari bilan o'yinlarda natijalari ijobiy bo'lsa-da, ularga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Chunki eronliklar jismonan juda baquvvat va arab klublariga nisbatan tartibli futbol namoyish qilishadi.

- Dastlabki g'alabadan so'ng jamoada kayfiyat qanday?
- Bizda doimgidek kayfiyat juda yaxshi. Chempionlar ligasida har bir qo'lga kiritilgan ochkoning ahamiyati yuqori ekanini yaxshi bilamiz, lekin shu bilan birga jamoada bosim yo'qligini aytib o'tgan bo'lardim.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz