Eldor Shomurodov – "Roma"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
2 may 2025
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubida o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Shomurodov so'rovnomada Kristante, Ndika, Soule va Svilarni ortda qoldirdi.

Tajribali hujumchi yakunlangan oyda 4 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli futbolchi fevral oyida ham eng yaxshi deb topilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com