EL. Yarim final. “Inter” – “Shaxtyor” 5:0

Bugun Yevropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan ilk uchrashuvda “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Bugun Yevropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan ilk uchrashuvda “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Uchrashuv Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi “Esprit-Arena”da bo'lib o'tadi.

Bellashuvni polshalik Shimon Marcinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Yevropa Ligasi, ½ final.

“Inter” – “Shaxtyor” 5:0

Inter: Xandanovich, Godin, de Vrey, Bastoni, Yang, Brozovich, Barella, Galyardini, D'Ambrozio, Martines, Lukaku.

Zaxiradagilar: Padelli, Biragi, Shkrinyar, Pirola, Ranokkiya, Kandreva, Eriksen, Mozes, Sensi, Valero, Espozito, Sanches.

Shaxtyor: Pyatov, Matvienko, Krivcov, Xocholava, Dodo, Stepanenko, Markos Antoniu, Patrik, Tayson, Marlos, Moraes.

Zaxiradagilar: Trubin, Bondar, Bolbat, Sipriano, Fernando, Dentino, Konoplyanka, Kovalenko, Tete, Pixalyonok, Solomon, Maykon.


1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

19. GOOOLLLLL!!!! Lautaro Martinez  qanotda uzatilgan to'pni bosh bilan doneckliklar darvozasiga joylab qo'ydi  -1:0.


64. Burchakdan uzatilgan to'pni D'Ambrozio boshi bilan uzoq burchakka aniq yo'naltirdi -2:0. Milanliklar final sari dadil qadam tashlashdi....

74. GOLLLL! Luataro o'z "dubl"ini rasmiylashtirib, hisobni yirklashtirdi -3:0

78. GOOOOOLLLLLLLL!!!!! Romelu Lukaku jamoadoshlari boshlagan hujumni nozik aylanma zarasi bilan golga aylantirdi -4:0.


83. Yana GOL va yana Lukaku!!!! 5:0. Romelu bu safar maydon markazidan bir himoyachidan ustalik bilan qochib ketdi va raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni to'rga yo'llab qo'ydi. Qoyil! Tasanno!



Manba: championat.asia