El-Shaaravi Xitoydan tushgan taklifni rad etdi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2019, 22:42
"Roma" hujumchisi Stefan El-Shaaravi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubidan tushgan taklifni rad etdi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, xitoyliklar futbolchi uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro maosh taklif qilgandi. Ammo futbolchi bunga rad javobini berdi.

Endi u "Roma" bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokara boshladi. Uning hozirgi shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia