Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor

Narzulla Saydullayev
27 may 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 may - 12 iyun kunlari navbatdagi yig'in o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.

Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz a'zolari uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi. 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashamiz.

Ektor Kuper mazkur o'yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov (Paxtakor)
Ilyosov Javohir (Lokomotiv)
Suyunov Eldor (Paxtakor)
Ergashev Botirali (Dinamo)

Himoyachilar:
Krimec Egor (Paxtakor)
Ismoilov Anzur (Lokomotiv)
Tursunov Dostonbek (Renofa Yamaguchi, Yaponiya)
To'xtaxo'jaev Islom (Lokomotiv)
Zoteev Oleg (Lokomotiv)
Sayfiev Farrux (Paxtakor)
Komilov Akromjon (Paxtakor)
Hoshimov Davron (Lokomotiv )
Alijonov Hojiakbar (Paxtakor)

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon (Paxtakor)
Ahmedov Odil (Shanxay SIPG, Xitoy)
Musaev Fozil (Jubilo Ivata Yaponiya)
Aliboev Ikrom (Seul, Janubiy Koreya)
O'runov Oston (Navbahor)
Masharipov Jaloliddin (Paxtakor)
Ibragimov Doston (Buxoro)
Ro'ziev Quvondiq (Qo'qon-1912)
Mirzaev Sardor (Lokomotiv)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor (Rostov, Rossiya)
Sergeev Igor (Paxtakor)
Abduxoliqov Temurxo'ja (Lokomotiv)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o'z klublari tarkibida milliy chempionat o'yinlarni o'tkazib, 3 iyun kuni O'zbekistonga yetib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz