EKL. "Tobol" Gibraltar klubini mag'lub etib, musobaqaning 3-saralash bosqichiga yo'l oldi. Sergeev zaxirada qoldirildi

Administrator
27 iyul 2022
Konferenciyalar ligasi 2022/23 yilgi mavsum 2-saralash raundi javob bahslari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Igor Sergeev o'ynayotgan "Tobol" klubi Gibraltarning "Linkoln Red Imps" ustidan yana bir bor g'alaba qozondi. Birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozongan "Tobol" bu safar minimal hisobda zafar quchib, keyingi saralash bosqichiga yo'l oldi. Igor Sergeev esa bu o'yinda zaxirada qoldirildi.

"Tobol" keyingi bosqichda "Tirana" (Albaniya) / "Zrinski" (Bosniya i Gertsegovina) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.


"Linkoln Red Imps" – "Tobol" 0:1

Dastlabki uchrashuv: 0:2

Gol: 0:1 – 31 Toshich.

Linkoln – Uayzmen (Britto, 54), Gonsales (Chipolina, 74), Toskano, Sardjent, Kuling, Bernardu Lopesh, Uoker, Yaxaya, Ronan, Pena, Kike Gomes (Kassiaro, 61).

"Tobol" – Tomashevich, Malyy, Mokin, Amanovich, Marochkin, Kairov (Jumashev, 82), Toshich (Vukadinovich, 74), Tagybergen (Mujikov, 74), Yovanchich, Jarynbetov (Vasilev, 82), Jaksylykov (Deble, 59).

Ogohlantirishlar: Gonsales (13), Yaxaya (14), Kairov (27), Deble (80), Jarynbetov (82).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia