Egor Krimec – “Navbahor” futbolchisi!

Mirjalol Normatov
5 yanv 2022
Selekciya ishlarini jadal davom ettirayotgan “Navbahor” navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi.

Asosan Toshkentning “Paxtakor” klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasidagi o'yinlari bilan muxlislar mehriga sazovor bo'lgan tajribali himoyachi Egor Krimec 2022 yilgi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladi. Biz ushbu futbolchiga “lochinlar” safida omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tilab qolamiz.

EGOR KRIMEC

Tug'ilgan sanasi: 1992 yil 27 yanvar

Tug'ilgan joyi: Toshkent, O'zbekiston

Ampluasi: himoyachi

2011 yildan hozirgacha “Paxtakor” jamoasi tarkibida jami 93 marta maydonga tushib, 12 ta gol urgan. 2013, 2016 va 2017 yillarda Xitoyning “Beyczin Goan” klubida to'p tepib, jami 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini bir marotaba ishg'ol qilgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 35 marta maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: