Edin Terzich: "Qiyin, ammo haqli g'alaba"

Mirjalol Normatov
9 apr 2023
Germaniya chempionati 27-turi doirasida "Union"ga qarshi o'yindan keyin "Borussiya" D bosh murabbiyi Edin Terzich o'z fikrlarini bildirdi.

"Favqulodda muhim bo'lgan paytda qiyin va haqli g'alabani qo'lga kiritdik. Birinchi bo'limda nafaqat himoyada, balki, hujumda ham ajoyib o'yin ko'rsatdik. Xatto to'psiz o'yinda ham bir-birimizni to'g'ri tushunib harakat qildik.

Afsuski, ikkinchi bo'limni birinchisidagi kabi o'tkaza olmadik. "Union"ga qarshi o'yinlar doimo og'ir kechadi. Shu sababli g'alabadan mamnunman", - dedi dortmundliklar ustozi.

Ushbu g'alaba orqali "Borussiya" D yaqin taqibchisi "Union" bilan farqni 5 ochkoga etkazib oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal