Eden Azar La Liga yetakchisiga yetib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2020, 16:24
Ispaniya chempionati navbatdagi tur doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Selta"ni qabul qildi.

O'yinning 65-daqiqasida hakam Eden Azarga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun mehmonlar darvozasi tomon o'n bir metrlik jarima zarbasi belgiladi. 

Ushbu mavsum belgiyalik futbolchi La Liga uchrashuvlarida (8 bor asosiy tarkibda tushgan) 3-bor penalti ishlab oldi va bu borada chempionat yetakchisi Nabil Fekir (asosiy tarkibda 18 o'yin) bilan tenglashib oldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru