YCHL. "Yuventus"ning Germaniyaga uchib ketadigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi

10 dek 2019, 19:40
YCHL 6-guruhi doirasida "Yuventus"ning "Bayer Leverkuzen"ga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgan o'yinchilar ma'lum.

Mauricio Sarri Germaniyaga olib ketadigan futbolchilar qaydnomasini aytib o'tdi. 

Unga ko'ra, tarkibdan Matteys de Ligt, Aaron Remzi, Rodrigo Bentankur singari futbolchilar tushib qolishdi. 


Darvozabonlar: Shensni, Pincolio, Buffon

Himoyachilar: De Shilio, Aleks Sandro, Danilo, Bonuchchi, Rugani, Demiral, Gozzi

Yarim himoyachilar: Pyanich, Matyuidi, Rabo, Muratore, Portanova

Hujumchilar: Ronaldu, Dibala, Kuadrado, Iguain, Bernardeski



Eslatib o'tamiz, "Bayer" - "Yuventus" uchrashuvi 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.


Manba: twitter.com/juventusfcen