YCHL 2021/22. Yaxshiboev va Ubaydullaev o'ynayotgan jamoalarning saralashdagi raqiblari ma'lum

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2021
Bugun Chempionlar Ligasi yangi mavsum 1-saralash raundiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, Jasurbek Yaxshiboev harakat qilayotgan “Legiya” (Polsha) Norvegiyaning "Bude-Glimt" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Shahzodbek Ubaydullaev o'ynayotgan “Shaxtyor” (Soligorsk) esa Bolgariyaning mashhur "Ludogorec" jamoasiga qarshi to'qnash keladi.

"Bude-Glimt" (Norvegiya) – "Legiya" (Polsha)

"Fola" (Lyuksemburg) – "Linkoln Red Imps" (Gibraltar)

"Slovan" Bratislava (Slovakiya) – "Shemrok Rovers" (Irlandiya)

"Malme" (Shvetsiya) – "Riga" (Latviya)

"Konna Kvey" (Uels) – "Alashkert" (Armaniston)

XIK (Finlyandiya) – "Buduchnost" (Chernogoriya)

"CHFR Kluj (Ruminiya) – "Borac" (Bosniya va Gertsegovina)

"Shkendiya" (Makedoniya) – "Mura" (Sloveniya)

"Teuta" (Albaniya) – "Sherif" (Moldova)

"Dinamo" Tbilisi (Gruziya) – "Neftchi" (Ozarbayjon)

"Makkabi" Xayfa (Isroil) – "Kayrat" (Qozog'iston)

"Ludogorec" (Bolgariya) – "Shaxtyor" Soligorsk (Belarus)

"Ferencvarosh" (Vengriya) – "Folgore" (San-Marino) / "Prishtina" (Kosovo) / XB (Farer orollari) / "Inter" (Andorra)

"Jalgiris" (Litva) – "Linfild" (Shimoliy Irlandiya)

"Flora" (Estoniya) – "Xibernians" (Malta)

"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya) – "Valyur" (Islandiya)

Eslatib o'tamiz, mazkur bosqich uy-safar tizimida o'tkaziladi. Ilk uchrashuvlar 6-7 iyul, javob o'yinlari esa 13-14 iyul sanalarida bo'lib o'tadi. Juftliklarda g'alaba qozonganlar 2-saralash raundiga yo'l oladi. Mag'lub bo'lganlar esa UEFA Konferenciyalar Ligasi 2-saralash bosqichiga ravona bo'ladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA