Eberl: "Xoffenxaym" hujum chizig'i - Bundesligadagi eng yaxshilaridan biri"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2014
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi sport direktori Maks Eberlning so'zlariga ko'ra, uning jamoasini Bundesliganing 10-turida "Xoffenxaym"ga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi.

"Markus Gisdolya qo'l ostidagi "Xoffenxaym" yana bir muvozanatda o'yin namoyish qila boshladi. Ularda ikki-uch yil qiyinchilik bo'ldi, ammo so'nggi mavsumda bu jamoa o'ziga kerakli xulosa chiqarib olishdi. Klub himoyani va boshqa chiziqlari kuchaytirdi. Ularning hujumi Bundesligadagi eng yaxshilaridan biri" - deydi Ebrel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com