EA FIFA 23'ni sotuvga chiqaradi

Оқил Абдубарноев
25 mar 2022
Insayder Endi Robinson FIFA 23 videoo'yini haqida ma'lumot berdi.

Robinsonning so'zlariga ko'ra, Electonic Arts va FIFA o'rtasidagi hamkorlik 2023 yilda tugaydi, shu bois kompaniya shu yil ushbu nom ostida futbol simulyatorini chiqarishga haqli.

Insayder, shuningdek, agar shartnoma bekor qilinmasa, FIFA 23'da erkaklar va ayollar o'rtasida ikkita jahon chempionati o'tkazilishini aytdi.

Avvalroq EA FIFA simulyatorining nomini EA FC deb o'zgartirishi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/AndyPlaytonic