Dzyuba yozda erkin agentga aylanadigan futbolchilar top-10ligiga kirdi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba 2020 yilning yozida shartnomasi yakuniga etadigan qimmatbaho futbolchilar reytingiga kirdi.

metaratings.ru sayti xabariga ko'ra, futbolchi "Real"ga muxlislik qiladi.

"Bolaligimdan "Real"ning ishqiboziman. Agarda tanlash imkoniyati berilsa, albatta, o'sha jamoada o'ynagan bo'lardim", - dedi Dzyuba.

Jurnalistlarning takidlashicha, Dzyuba yozda Mourinyu jamoasida yoki A Seriyada o'ynashi mumkin.

Demak, kuchli o'nlikning 1-pog'onasida PSJ va Belgiya termasi himoyachisi Toma Mene joy olgan. 2-o'rin "Chelsi" yarim himoyachisi Villianga nasib qilgan. 3-qatorni "Napoli" forvardi Dres Mertens egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionati 17 mart kunida koronavirus sababli to'xtatildi. Turnir jadvali peshqadami "Zenit" 22 turdan keyin yaqin taqibchisini 9 ochkoga ortda qoldirayotgandi.

21 o'yinda 13 gol urgan Dzyuba to'purarlar ro'yxatida karvonboshilik qilmoqda.


manba: metaratings.ru


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: metaratings.ru