Duglas Kosta "Yuventus"ga qaytishni xohlamayapti

Alisher
3 yanv 2022, 16:28
"Gremio" hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta Yevropaga qaytish ishtiyoqida yonmayapti.

Vingerning transfer huquqi Turinning "Yuventus" klubiga tegishli, u Braziliyada ijara asosida harakat qiladi.

"Duglas "Gremio"da qolmoqchi va biz ushbu o'yinchini saqlab qolishga qiziqmoqdamiz", - deydi jurnalistlar bilan suhbatda Braziliya klubi prezidenti Romildo Junior.

Shu bilan birga Kostaning maoshini ko'tarish "Gremio"ga oson bo'lmaydi. Bundan tashqari jamoa o'tgan mavsum so'nggiga ko'ra, Braziliya chempionatining yuqori divizionidan tushib ketdi.

31 yoshli Duglas o'tgan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Radio Gaucha