Duglas Kosta "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga uchib ketdi

Alisher
8 fev 2022
"Yuventus" hujumchisi Duglas Kosta "Los-Anjeles"ga transferini yakunlash uchun AQSHga yo'l oldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tez orada bitim rasman e'lon qilinadi.

31 yoshli braziliyalik bugun Amerika klubi bilan shartnoma imzolashi kerak.

Kosta 2021 yilning mayidan beri "Gremio"da ijarada o'ynayotgandi. U Braziliya jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano