Duglas Kosta avariyaga uchradi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 20:29
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta 4 fevral kuni tongda yo'l transport xodisasi ishtirokchisiga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqea Italiya shimolida, Livorno-Ferraris va Santiya o'rtasidagi trassada sodir bo'lgan. Jeep Cherokee markali mashina rulida bo'lgan Kosta jiddiy jarohat olmadi. Braziliyalik futbolchi mashinasiga urilgan Fiat Punto haydovchisi jarohatlar bilan yaqin o'rtadagi kasalxonaga olib ketildi.

Kosta 2018 yil "Bavariya"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. U joriy mavsum A Seriyaning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Stampa