Dres Mertens: “Xitoyliklarning taklifini rad etish juda qiyin edi...”

Aslanov Jasurbek
11 fev 2017
“Napoli” yarim himoyachisi Lris Mertensning aytishicha, u Xitoydan kelgan taklifni rad etgan.

“Kuchsizroq chemionatga yo'l olayotganligini futbolchilar bu o'tishni yangi tajriba orttirish maqsadi bilan izohlashadi. Aslida bu yolg'on. Ular faqatgina pul uchun usha erga yo'l olishadi. Meni Osiyo madaniyati bilan tanishish niyatidaman.  Osiyo orzularim ruyxatida bor. Ammo futbol borasida emas.

Vicel bilan nimalar sodir bo'lgani men uchun qiziqarlimi? Ha, biz ham bu borada axborotlar yig'ib, rafiqam bilan u erda bo'lgan insonlarning taassurotlari asosida salbiy va ijobiy holatlarni tahlil qildik.

U erda doim tuman va taom bilan bog'liq muammolar kuzatilishi mumkin. Menga yaxshi pul taklif qilishgandi, ammo o'ylab ko'rib, bu taklifni rad etdim.

Yashirmayman, bunday taklifni rad etish juda qiyin edi, chunki  bu taklif nafaqat o'zim va  farzandlarim, balki nabiralarimning ham farovon hayot kechirishini to'la to'kis kafolatlardi”, deydi Mertens.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia