Drakslerning agenti PSJ bilan muzokara o'tkazish uchun Fransiyaga yetib bordi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2016, 18:45
"Volfsburg" yarim himoyachisi Yulian Drakslerning agenti Rojer Vittman ayni damda Parijda PSJ bilan muzokara o'tkazmoqda.

Fransiya klubi futbolchi uchun 75 mln. evro sarflashga tayyor va transfer yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar amalga oshishi mumkin. Oldinroq "bo'rilar" rahbariyati Yulianni ushbu yozda sotmasligini e'lon qilgan edi.

Draksler 60 mln. evro taklif qilgan "Arsenal"ga o'tmoqchi edi, ammo ushbu transfer amalga oshmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild